Сифилис касаллиги хакида маълумот

Обновлено: 18.04.2024

Sil kasalligi yoki tuberkulyoz — bakterial etiologiyali yuqumli kasallik. Kasallik nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy jihatli hisoblanadi: sil qo’zg’atuvchisiga eng ta’sirchanlar immuniteti pasayganlar, yetarli ovqatlanmaydiganlar, gigiena standartlariga rioya qilmaydiganlar va kambag’al ijtimoiy sharoitlarda yashayotgan odamlardir. Kasallikning rivojlanishiga inson hayotining sifati ta’sir qiladi. Biroq, sil xavfi ostida yoshi va jinsidan qat’i nazar butun aholi qatlami turadi.

O’lim holatlarining yuqoriligi (yiliga 3 million kishi) va kasallikning keng tarqalganligiga nafaqat ijtimoiy omillar, balki sil kasalligining hech qanday alomatlarsiz (yashirin) davri uzoq davom etishi ham ta’sir ko’rsatadi. Bu davr sil kasalligini davolash uchun eng qulay vaqt hisoblanadi va infektsiya mavjudligini aniqlash uchun organizm Mantu sinov reaktsiyasiga baholanadi.

Sil kasalligi sabablari va tarqalish yo’llari

Kasallik inson organizmi Mycobacterium bakteriyasi yoki Kox tayoqchasi bilan infektsiyalangandan so’ng rivojlanadi. Bu mikroorganizmlar past haroratlarda hayotiyligini saqlab qoladi, tashqi muhit ta’sirlariga va yuqori haroratga chidamli bo’ladi.

Kox tayoqchasi o’ta yuqumli infektsiya hisoblanmaydi, biroq kasallangan infektsiya tashuvchisi bakteriyalarni tashqi muhitga tarqatadi, sog’lom odam bu bakteriyalar bilan kasallanish ehtimoli juda past. Ko’p hollarda sil bilan kasallangan bemor (sil kasal) kasallikning faol bo’lmagan shaklida kasalxonaga yotishi talab qilinmaydi va ularning harakatlari, ijtimoiy faoliyati cheklanmaydi. Sil bilan kasallangan kishi bilan doimiy kundalik aloqada bo’lish, masalan oila sharoitida, nafaqat bemorning sog’ligi to’g’risida qayg’urish, balki uyda gigienaga to’gri rioya qilish, boshqa oila a’zolarining immunitetini mustahkamlash va kasallanishni ertaroq aniqlash uchun (agar yuqgan bo’lsa) tez-tez organizmning Mantu probasiga reaktsiyani aniqlash tavsiya etiladi.

Sil kasalligi yuqishining asosiy yo’li — havo-tomchi yo’llari orqali Kox tayoqchasini nafas olish yo’llariga tushishidir. Kam hollarda kundalik aloqalar va transplatsental uzatish holatlari qayd etiladi. Bakteriya nafas olish yo’llari orqali tanaga kiradi, keyin bronxlar shilliq qavatiga va alveolalarga o’tadi va qon orqali butun tanaga tarqaladi.

Inson tanasi uchun Kox tayoqchasi begona mikroorganizmdir. Odatda bunday bakteriyalar organizmga tushsa va rivojalnsa, immun hujayralari ularga hujum qilib, ko’payishi va rivojlanishini oldini oladi. Sil kasalligi rivojlanishi ehtimoli ikki holatda bo’lishi mumkin:

  1. Agar immunitet tizimi sustlashgan bo’lsa, antitanalar ishlab chiqarilishi buzilsa, immunitet tanqisligi holati mavjud bo’lsa, tananing mudofaa qobiliyati boshqa kasalliklar bilan zaiflashgan bo’lsa yoki boshqa ijtimoiy yoki yosh faktori tufayli yetarli darajada shakllanmagan bo’lsa;
  2. Kasallik qo’zg’atuvchisi bilan aloqa uzoq, uzluksiz bo’lsa, batsilla tashuvchida kasallik ochiq shakli jarayoni kechayotgan bo’lsa va tegishli davolash choralari qo’llanmasa.

O’ziga xos immunitetni pasaytiruvchi va kasallik rivojlanishiga hissa qo’shadigan omillar orasida quyidagilar ajratiladi :

  • Bronx-o’pka kasalliklarining rivojlanishidagi (masalan, surunkali bronxit) omil sifatida tamaki chekish, chekish mahalliy immunitetni zaiflashtiradi;
  • Spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish;
  • Giyohvandlikning barcha turlari;
  • Anamnezdagi tez-tez uchraydigan kasalliklar, nafas organlarida surunkali yallig’lanish jarayonlari mavjudligi tufayli nafas olish tizimining kasalliklariga moyillik;
  • Surunkali kasalliklar va boshqa organlar va to’qimalarda yallig’lanish o’choqlari; , endokrin kasalliklar;
  • Yetarlicha ovqatlanmaslik, ozuqa moddalarida vitaminlarning yetishmasligi;
  • Nevrotik buzilishlar, depresiv (tushkun) vaziyatlar; ;
  • Salbiy ijtimoiy va yashash sharoitlari.

Sil kasalligining rivojlanishi: kasallikning turli bosqichlarining belgilari va alomatlari

Odatda tuberkulyozning namoyon bo’lishi asta-sekin sodir bo’ladi. Juda uzoq vaqt davomida patogen bakteriyalar organizmda o’zini namoyon qilmaydi, ko’pincha o’pka to’qimalarida rivojlanadi va ko’payadi.

Sil kasalligining boshlanishida alomatlar bo’lmaydi. Kasallikning birinchi bosqichida asosan patogen organizmlar rivojlanadi va ko’payadi va hech qanday klinik belgilar yuzaga kelmaydi. Dastlabki bosqichdan so’ng kasallikning yashirin yoki latent davri keladi, unda quyidagi simptomatika kuzatilishi mumkin:

  • Sog’lig’ining umumiy yomonlashishi;
  • Charchoq, kuchsizlanish, asabiylashish;
  • Hohishsiz vazn yo’qotish;
  • Kechqurun ortiqcha terlash.

Yo’tal, yuqori tana harorati kasallikning birinchi bosqichi uchun xos emas, bunday alomatlar o’pka to’qimalarining keng shikastlanishlarida kuzatiladi. Kasallikning dastlabki bosqichlari sezilarli bo’lmaganligi bois tashxislash faqat sil probalari (Diaskin-test, Mantu sinov reaktsiyasi va hokazo) yoki qonning PZR tahlili yordamida amalga oshiriladi.

Kasallikning yashirin shakli faol kasallik bosqichiga o’tishi ehtimoli bilan xavfli, u nafaqat boshqalarga xavf tug’diradi, balki organizmga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Faol shakldagi kasallik ikkilamchi bosqichga o’tadi, patogen bakteriyalar tez ko’payadi va tananing boshqa a’zolariga tarqaladi. O’limga olib keladigan jiddiy jarohatlar va kasalliklar yuzaga keladi.

Sil kasalligining faol bosqichi: alomatlari va namoyon bo’lsihi

Kasallikning o’tkir davrida sil kasalligi belgilari:

  • Balg’am ajralishi bilan uzoq (uch haftadan ko’p) davom etadigan nam yo’tal;
  • Balg’amda qon mavjudligi; (37-38 °C);
  • Tana vaznining pasayishi;
  • Charchoqning kuchayishi, o’zini yomon his qilish, zaiflik, bezovtalanish, ishtahani pasayishi, mehnat qobiliyatining yomonlashishi va tana intoksikatsiyaning boshqa belgilari.

Sil kasalligining simptomatikasi virusli va bakterial etiologiyali boshqa nafas olish tizimi kasalliklarining klinik ko’rinishiga o’xshaydi. Tashxisni farqlash faqat mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.

Kasallikning o’pkadan tashqari belgilari

Kox tayoqchasi nafaqat o’pka to’qimalariga ta’sir qilishi, balki boshqa organlarda ko’payishi va yallig’lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu lokalizatsiya bilan ekstrapulmonar kasallik turi haqida gapiriladi. Ichki organlar va tizimlarning sil bilan kasallanishi odatda, boshqa kasalliklar va patologiyalarni bartaraf etish orqali aniqlanadi. Klinik ko’rinish jarayonning og’irligiga va bakteriya ta’sir qilgan organ yoki to’qimalarning joylashuviga bog’liq.

  • Tuberkulyozning miyada yuzaga kelishi tana haroratining oshishi, asab tizimi va uyquning buzulishlari, ortiqcha asabiylashish, ensa va bo’yin muskullarining tortilishi va kattalashishi bilan namoyon bo’ladi. Oyoqlarni uzatganda, orqa va boshni oldinga egganda bel sohasidagi xarakterli og’riq sindromi kuzatiladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib boradi — xavf ostida — maktabgacha yoshdagi bolalar, qandli diabet va OIV bilan kasallanganlar.
  • Ovqat hazm qilish tizimining sili (tuberkulyozi) — defakatsiyaning (hojatning) muntazam buzilishlari, qorin damlanishi, ichak sohasidagi og’riqlar, gemorragik qon ketishi belgilari (najasda qonning mavjudligi) tana haroratining 40 °C gacha ko’tarilishi kabi alomatlar bilan namoyon bo’ladi.
  • Bo’gim va suyaklar sili (tuberkulyozi) — ta’sir sohalarida og’riq bilan namoyon bo’ladi, bo’gimlarning harakatchanligi cheklanadi. Alomatlarning tayanch-harakat tizimining boshqa kasalliklari bilan o’xshashligi tufayli tashxislash qiyin amalga oshiriladi.
  • Siydik-tanosil sistemasi sili (urogenital tuberkulyoz) — odatda buyrak va / yoki tos a’zolarida aniqlanadi. Klinik tasvir tez-tez siyish, shu jumladan, siydikda qon qon uchrashi va isitma kuzatiladi.
  • Teri sili (tuberkulyozi) bilan og’rigan bemorlarda teri bo’ylab tarqaladigan toshmalar shaklida ifodalanadi, toshmalar paypaslab ko’rilganda tugunchalarni eslatadi.

Turli a’zolar jarohatlanganda boshqa alomatlar ham kuzatilishi mumkin. Qon oqimiga kiruvchi patogen organizm tananing hamma joylariga tarqalib, deyarli har qanday organ, to’qima yoki a’zolar tizimini jarohatlashi mumkin. Bunday holatlarda kasallikning klinik belgilari boshqa etiologiyali yallig’lanish jarayonlaridan farqlanmaydi. O’pkadan tashqari sil shakllarni davolash prognozi tashxis vaqtiga, patologik jarayonning lokalizatsiyasiga, uning bosqichiga, organning shikastlanish darajasiga, bemorning umumiy sog’ligiga bog’liq.

Tashxis usullari

Tashxis tanadagi kasallikning sababchisini aniqlashga imkon beradigan tahlillar asosida qo’yiladi. Diagnostik chora-tadbirlar anamnezni yig’ish va bemorlarning shikoyatlarini tahlil qilish, tibbiy tarixni o’rganish bilan boshlanadi. Tashxisni tasdiqlash yoki rad etish uchun bir qator tekshiruvlar o’tkaziladi:

  • Mantu reaktsiyasini yoki Pirke testini tahlil qilish sil kasalligi mavjudligini aniqlaydigan eng keng tarqalgan tadqiqot usullari. Tuberkulin teri ustiga yoki ostiga qo’yiladi. Tuberkulin tekshiruvi Koxning tayoqchasi bilan aloqani baholash imkonini beradi, ammo bu tashxisni tasdiqlamaydi. Bu diagnostika usuli boshqa turdagi mikobakteriyalar bilan aloqani ko’rsatishi mumkinligi tufati sil mutaxassislar va boshqa mutaxassislar tomonidan tanqid qilindi. Bundan tashqari, bu usul bo’yicha tashxislash BCG (silga qarshi vaktsina) bilan emlashdan so’ng noto’g’ri natijalarga olib kelishi mumkin. Mantu testi shuningdek, emlashdan oldin asosiy komponentlarga bo’lgan allergik reaktsiyalarni aniqlash uchun uchun ishlatiladi;
  • Diaskin testi ham teri tadqiqotlari qatoriga kiradi va mantu reaktsiyasi usuli bilan sil tashxisini takomillashtirishga qaratilgan. Bu o’ziga xos sinov bo’lib, u faqat sil kasali mikobakteriyalarga (Mycobacterium tuberculosis) reaktsiya ko’rsatadi;
  • Kvantiferon test yoki IFA- immunoferment diagnostik test, tuberkulinga allergiyasi bo’lgan kishilar uchun tavsiya etiladi. Tadqiqot biologik materiallarda (qon) amalga oshiriladi va eng ishonchli sinov hisoblanadi (faqat 2% noto’gri javob, Mantu sinovi esa 30%). Kasallikning yashirin va o’pkadan tashqari shakllarini aniqlash uchun tavsiya etiladi;
  • Mikroskopik tahlil — yo’taldan ajratilgan balg’amda patogen organizmni izlash uchun amalga oshiriladi. Agar mikroskop orqali Mycobacterium aniqlansa, suniy sharoitda bakteriyalar ekib, o’tirish qo’llaniladi;
  • PZR yoki polimeraz zanjir reaktsiyasi — bugungi kunda eng to’g’ri tadqiqot usullari, biologik suyuqliklarda mikobakteriya DNKsi borligini aniqlash imkonini beradigan;
    Biyopsiyadan olingan to’qimalarning gistologik tekshiruvi suyak to’qimalarining silini aniqlashda qo’llaniladi.

Rentgenofraiya va flyuorografiya usullari o’pka to’qimasida yallig’lanish o’choqlari mavjudligini ko’rsatadi.

Sil kasalligini davolash

Ushbu kasallikdan tiklanish ehtimoli kasallikning bosqichi, shiksatlanish maydoni, bemorning umumiy salomatligi asosida hisoblanadi. Dastlabki bosqichlarda tashxis qo’yish kasallikni davolashni samarali kursini belgilash imkonini beradi, bu esa bemorning to’liq davolanishiga yordam beradi.

Davolash antibakterial preparatlar, silga qarshi vositalar, immunomodulyatorlar, immunostimulyatorlar, probiotiklar va vitaminlar bilan davolashga asoslangan uzoq muddatli, keng qamrovli hisoblanadi. Davolash kursining majburiy qismi — parhezli ovqatlanishi va mashqlar bilan davolashdir.
Bemorni faol bosqichda davolash sil kasalligi dispanserida, boshqalarga yuqtirish ehtimolligini kamaytirish uchun amalga oshiriladi. Dispanserda qolish davomiyligi jarayonning turiga va bosqichiga bog’liq va bir necha oydan bir yilgacha yoki undan ham ko’p bo’lishi mumkin. O’zboshimchalik bilan davolash va kasallikni to’xtatishga urinish ko’pincha kasallikning qaytalanishi yoki rivojlanishiga, og’ir asoratlarning rivojlanishiga, o’limga olib kelishi mumkin.

Profilaktik choralar

Kasallikning rivojlanishi immunitet darajasiga bog’liq, shuning uchun asosiy profilaktika sog’lom turmush tarzini saqlash hisoblanadi.
Bolalarni emlash, kasallikning dastlabki bosqichlarida kasallikni aniqlash uchun muntazam sinovlar va testlarni o’tkazish ham muhim rol o’ynaydi.

Жинсий касаликлар

Жинсий йўл билан юқадиган касалликлар (ЖЙЙК) ёки жинсий йўл билан юқадиган инфекциялар (ЖЙЙИ) — ушбу атамалар остида жинсий алоқа орқали юқадиган инфекцион касалликлар тушунилади.

Маҳаллий тиббиётда фақат жинсий йўл билан юқадиган инфекциялар одатда венерик касалликлар гуруҳига (сифилис, гонорея, донованоз, юмшоқ шанкр) ажратилади. Бошқа ЖЙЙКлар кўпинча бошқа усуллар билан юқади: парентерал (ОИВ, гепатит Б, гепатит C), бевосита алоқа (қўтир), вертикал (хламидиоз).

Таснифи

Жинсий алоқа орқали юқадиган инфекцион касалликларга (венерик) қуйидагилар киради:

  • Бактериал инфекциялар: чов гранулёмаси (донованоз), юмшоқ шанкр, сифилис, венерик лимфогранулёма, хламидиоз, гонорея, микоплазмоз, уреаплазмоз;
  • Вирусли инфексиялар: ОИВ, генитал герпес, инсон папилломавируси томонидан чақириладиган ўткир учли кондилома, гепатит Б, ситомегаловирус(инсон герпесвируси тип 5), контагиоз моллюск, Капоши саркомаси (Герпес тип 8);
  • Протозоал инфекциялар: трихомониаз;
  • Замбуруғли инфекциялар: кандидоз (молочница);
  • Паразитар касалликлар: фтириаз, қўтир;

Шартли патоген ва сапрофит микрофлора томонидан чақириладиган кандидозли колпит, номахсус уретрит ва бактериал вагиноз каби касалликлар жинсий йўл орқали юқадиган касалликларга кирмайди, кўпинча улар билан биргаликда кўрилади (ва номутахассислар хатоси туфайли шу синфга тааллуқли деб қаралади).

Жинсий касаликлар

Бактериал инфекциялар

Жинсий касаликлар

Вирусли инфекциялар

Протозоал инфекциялар

Трихомониаз сийдик-таносил касалликлари орасида тарқалганлиги жиҳатидан биринчи ўринда туради. Бундан ташқари, трихомониаз жинсий йўл билан юқадиган касалликлар орасида ҳам биринчиликлар қаторида. Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (1999 йил) маълумотларига кўра, дунё аҳолисининг 10 фоизи трихомониаздан азият чекмоқда. Трихомониаз ҳар йили қарийб 170 миллион кишида қайд қилинади. Қўзғатувчи агенти қин трихомонадаси (Тричомонас вагиналис) ҳисобланади.

Трихомониаз, биринчи навбатда, бепуштлик, ҳомиладорлик патологиялари ва шунга ўхшаш асоратларни келтириб чиқариши билан хавфлидир. Еркак организмида трихомониазниниг асосий яшаш жойи — сийдик йўллари, простата бези ва уруғ пуфакчаларидир, аёлларда — қин. Аммо организмга биринчи марта кирганида, трихомонадалар доимо уретритга олиб келади. Юқиш касаллик ташувчиси ёки касалланган бемор билан жинсий алоқа қилиш орқали амалга ошади. Инкубацион даври 1-4 ҳафта.

Замбуруғли инфекциялар

Кандидоз (молочница) — замбуруғли инфекциянинг турларидан бири, Кандида (Cандида албиcанс) авлодига мансуб ачитқисимон микроскопик замбуруғ томонидан чақирилади. Ушбу авлоддаги барча вакиллар шартли патоген ҳисобланади.

Кандида авлодига мансуб микроорганизмлар кўплаб соғлом одамларнинг оғиз, қин ва тўғри ичак нормал микрофлораси таркибига киради. Касаллик фақатгина Кандида замбуруғларининг мавжудлиги билан емас, балки уларнинг кўпайиши ва / ёки замбуруғнинг кўпроқ патоген штаммларининг киритилиши билан боғлиқ. Кўпинча кандидоз умумий ва маҳаллий иммунитетнинг пасайиши билан бошланади.

Жинсий касаликлар

Паразитар касалликлар

  • Фтириаз(қов педикулёзи, лот. Педиcулосис пубис, Пҳтҳириасис) — ентомоз, терининг паразитар венерик касаллиги бўлиб, қов бити томонидан чақирилади.
  • Қўтир(лот. сcабиес) — юқумли тери касаллиги, микроскопик паразит — қўтир бити ёки қўтир канаси (лот. Сарcоптес сcабиеи вар ҳоминис) томонидан чақириладиган акародерматитлар гуруҳидаги акариаз. Касалликнинг характерли хусусиятларига қичиш ва папуловезикулёз тошма киради, кўпинча қашиш давомида иккиламчи инфекция туфайли йирингли елементлар қўшилиши қайд қилинади.

Юқиш йўллари

ЖЙЙИнинг асосий хусусияти патогенларнинг атроф-муҳит шароитига нисбатан юқори сезувчанлиги бўлиб, қўзғатувчилар билан инфекцияланиш учун тўғридан-тўғри алоқа зарур бўлади.

  • Еркак ва аёл презервативларни тўғри ва тизимли ишлатиш
  • Маҳаллий бактерицид моддаларни тўғри ишлатиш;
  • Синдромли ёки лаборатория диагностикаси ёрдамида мунтазам текширувлардан ўтиб туриш;
  • Инфекция ташхисланганда (ёки унга шубҳа бўлганда) махсус даволашни ўташ;
  • Жинсий тийилиш;
  • Жинсий шерикларни хабардор қилиш;
  • Гепатит Б ва одам папилломавируси каби онкоген вирусларга қарши вакцина олиш.

Венерик ЖЙЙИ гуруҳи ҳимояланмаган жинсий алоқа билан юқади (шу жумладан орал-генитал шакллар). Ўпишиш, оғзаки жинсий алоқа ва вибратор каби жинсий ўйинчоқлар билан бўлишиш презерватив билан ҳимояланган жинсий алоқада ҳам касалланиш хавфини кўпайтиради.

ЖЙЙК гуруҳи кенг маънода бошқа йўлларни билан ҳам юқиши мумкин. Хусусан, одам папилломавирусини яқин маиший алоқа орқали юқтириб олиш мумкин, қин трихомонадаси нам муҳитда ўз инфекцион хусусиятларини узоқ вақт сақлай олади (ҳўл сочиқ, силлиқ сирт). Қўтир қўзғатувчи бевосита уй-рўзғор буюмлари билан алоқа қилиш орқали узатилиши мумкин. Юқишнинг вертикал йўли болани она ёки ота томонидан инфекциялашини англатади. ОИВ инфекцияси ва Гепатит Б ва C учун парентерал юқиш йўллари ҳам характерлидир.

Ташхис

Ташхилаш беморни кўрикдан ўтказиш, клиник аломатларни аниқлаш (сийиш пайтида оғриқ, жинсий азъолардан ажралма чиқиши), суртмалар олиш ва қон намуналарини таҳлил қилиш орқали амалга оширилади. Баъзи касалликларда (ўткир учли кондилома) жисмоний аломатлар (оғриқ, ажралма) умуман кузатилмаслиги мумкин. Барча инструментал текшириш усуллари хатоларга ега, шунинг учун ташхис одатда бир неча турдаги тадқиқотларга асосланади.

Намуналар лаборатория таҳлилини ўрганиш учун қуйидаги усуллар қўлланилади:

  • Суртма микроскопияси (тўғридан-тўғри ва люминесцент);
  • Бактерияларни сунъий ўстириш усули (намунани озуқа сиртига суртиш, кейин уларнинг дориларга қаршилигини таҳлил қилиш);
  • Патогенга антигенларни аниқлаш (ИФТ — иммуно-фермент таҳлиллар ва ТИФ — тўғридан-тўғри иммунофлюоресценция усуллари ёрдамида);
  • Патоген ДНКсини аниқлаш (ПЗР — полимераза занжири реакцияси усули ёрдамида);
  • Қонда антитаналарни аниқлаш (организмнинг патогенга бўлган иммунитетини).

Асоратлари

Даволанмаган ва организмда узоқ муддат мавуд бўлган ЖЙЙКлар бир қатор асоратларга олиб келиши мумкин: еркаклар ва аёллар бепуштлиги, простатит, бачадон ва ортиқларининг яллиғланишли касалликлари, епидидимит, жинсий аъзолардаги ўсмалар.

· Еркаклар: сийдик чиқариш канлидан ажралмалар ажралиши (уретрит), епидидимит, орхит, бепуштлик

· Аёллар: серсивит, ендометрит, салпингит, тоснинг яллиғланишли касалликлари, бепуштлик, амниотик суюқликнинг ерта кетиши

· Ҳар икки жинс: проктит, фарингит, тарқоқ гонококкли инфекция

· Еркаклар: сийдик чиқариш канлидан ажралмалар ажралиши (уретрит), епидидимит, орхит, бепуштлик

· Аёллар: серсивит, ендометрит, салпингит, тоснинг яллиғланишли касалликлари, бепуштлик, амниотик суюқликнинг ерта кетиши, перигепатит, кўпинча инфекция аломатларсиз кечади

· Ҳар икки жинс: проктит, фарингит, Рейтер синдроми

· Ҳар икки жинс: атрофидаги лимфа тугунлари катталашадиган бирламчи яра (қаттиқ шанкр), тошма, кенг кондиломалар, суяклар, юрак-қон томир ва асаб тизими шикастланиши

· Аёллар: ҳомиладорликда мураккабликлар (аборт, ўлик туғиш), муддатидан олдин туғиш

· Еркаклар: сийдик чиқариш канлидан ажралмалар ажралиши (ногонококкли уретрит)

· Еркаклар: сийдик чиқариш канлидан ажралмалар ажралиши (ногонококкли уретрит)

· Еркаклар: жинсий олат ва анал соҳаси ўткир қиррали кондиломалари; жинсий олат саратони

· Аёллар: вулва, бачадон бўйни, анал соҳадаги ўткир учли кондиломалар; бачадон бўйни саратони, орқа чиқарув канали саратони

· Ҳар икки жинс: ОИВ туфайли ривожланган касалликлар, ОИТС

· Еркаклар: жинсий олат бошининг юзаки инфекцияси

Даволаш ва олдини олиш

ЖЙЙКни даволаш учун инфекция қўзғатувчисига қараб антибиотиклар, антивирус ёки антипаразитар воситалар қўлланилади.

Ўткир қиррали кондиломалар радиотўлқин ёки бошқа усуллар билан йўқ қилинади. Генитал герпесни даволашда маҳаллий терапия қўлланилади.

Ягона ва соғлом жуфти бўлмаган жинсий фаол шахслар ҳимояланган жинсий алоқа қоидаларини ёдда тутишлари керак (презерватив), бироқ у ҳам инфекциянинг олдини олиш учун 100% кафолат бермайди.

Барча жинсий фаол шахсларга йилига бир марта сифилис, ОИВ, гепатит Б учун текширувлардан ўтиб туриш тавсия етилади, ҳатто касаллик аломатлари кузатилмаса ҳам.

OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) OIV deb nomlangan virus (odam immunotanqislik virusi) sabab bo’lgan sindrom, xalq orasida ko’proq SPID kasalligi nomi bilan tanilgan. Kasallik immunitet tizimini o’zgartirib, odamlarni infektsiyalar va kasalliklarga ko’proq moyil qilib qo’yadi. Bu sezuvchanlik sindrom rivojlanishi bilan yomonlashadi.

OIV virusi

OIV organizmning barcha to’qimalarida uchraydi, lekin u infektsiyalangan odamning biologik suyuqliklari (sperma, vaginal suyuqliklar, qon va ona suti) orqali yuqadi.

OITS / OIV: ular nima

OIV — immunitet tizimidagi T hujayralariga (CD4 hujayralari) hujum qiluvchi virus. OITS — bu infektsiyaning rivojlangan bosqichida paydo bo’ladigan sindrom, ya’ni salomatlik holati.

Virusning yuqishi OITS rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Biroq, OIV yuqganda har doim ham immunitet tanqisligi sindromi rivojlanavermaydi. Terapiyasiz OIV infektsiyasi rivojlanishi mumkin va oxir-oqibat u ko’pchilik hollarda OITSga aylanadi. Bundan so’ng, inson kasallikni doimo anamnezi da olib boradi.

Kasallik rivojlanishi sabablari

OIV — inson immunitetining hujayralari va muhim organlarni jarohatlaydigan retrovirus.

OIV bir odamdan boshqasiga qon yoki jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Virus antiretrovirus terapiya (ART) bo’lmaganda rivojlanadi. ART odam immunotanqislik virusi o’sishini sekinlashtiradi yoki oldini oladi.

Virus rivojlanishining darajasi odamlar orasida keng tarqalgan va ko’plab omillarga bog’liq. Ushbu omillar quyidagilardir:

  • Bemorning yoshi;
  • Tananing OIVdan o’zini himoya qilishi qobiliyati;
  • Dori vositalari mavjudligi;
  • Boshqa infektsiyalar mavjudligi;
  • Bemorda genetik kasalliklar mavjudligi;
  • Virusning ayrim shtammlariga qarshi himoya.

OIV qanday yuqadi

Jinsiy aloqa orqali yuqishi — bu infektsiyalangan jinsiy suyuqliklar (og’iz bo’shlig’i, rektal, genital yoki shilliq pardalari) bilan aloqa qilganda yuzaga kelishi mumkin. Bu vaginal, oral va anal kabi himoyalanmagan jinsiy aloqa vaqtida sodir bo’lishi mumkin.

Perinatal yuqishi — ona tug’ruq paytida, homiladorlik paytida, shuningdek, emizishda infektsiyasini bolaga yuqtirishi mumkin.

Qon quyish orqali yuqishi — hozirgi vaqtda qon quyish orqali OIV yuqtirish xavfi rivojlangan mamlakatlarda juda ehtiyotkorlik bilan tekshiruv va ehtiyot choralari tufayli juda past. Shu bilan birga, giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar yoki bemorning qoni bilan zararlangan shpritslarni qayta ishlatish oqibatida kasallik yuqish xavfi juda yuqori.

OITS alomatlari

Ko’p hollarda OITS (SPID) belgilari bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar va / yoki parazitlarning rivojlanishi sabab yuzaga keladi. Ushbu holatlar odatda tanani infektsiyadan himoya qiladigan sog’lom immun tizimiga ega bo’lganlarda rivojlanmaydi.

Dastlabki alomatlari

OIVga chalingan ko’plab odamlarda OITS alomatlari va belgilari bir necha oy yoki hatto yillar davomida uchramaydi. Boshqalarda gripp va shamollashga o’xshash alomatlar rivojlanishi mumkin, ular odatda virus yuqganidan 2-6 hafta o’tgach namoyon bo’ladi.

Kasallikning birinchi belgilari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

    ;
  • Varaja qilish;
  • Bo’g’imlardagi og’riq;
  • Mushaklardagi og’riq; ; (ayniqsa tunda);
  • Bezlarning kattalashishi;
  • Qizil toshmalar toshishi;
  • Charchoq;
  • Zaiflik;
  • Tana vaznini yo’qotish.

Asimptomatik (belgilarsiz)

Ko’pgina hollarda OITSning dastlabki alomatlari yo’qolib ketganidan keyin ko’p yillar davomida qo’shimcha kasallik alomatlari kuzatilmaydi.

Shu vaqt ichida virus rivojlanib, immun tizimi va tana a’zolariga zarar yetkazishda davom etadi. OIVni replikatsiyalashga qarshi dori vositalarisiz ushbu jarayon o’rtacha 10 yilgacha davom etishi mumkin. Infektsiyalangan odamda odatda hech qanday alomat kuzatilmaydi, u o’zini yaxshi his qiladi va sog’lom ko’rinadi.

Rivojlangan (so’nggi) bosqichlarda

Agar bemor davolanmasa, OIV insonning infektsiyalar bilan kurashish qobiliyatini zaiflashtiradi. Odam organizmi jiddiy kasalliklarga qarshi kurasha olmaydi. Hatto oddiy shamollash ahm juda og’ir shaklda kechadi. Aynan ana shu bosqich OITS deb ataladi.

OIV infektsiyasinining oxirgi davrlardagi alomatlari quyidagicha ifodalanishi mumkin:

  • Ko’rishning xiralashishi; , odatda doimiy yoki surunkali;
  • Quruq yo’tal;
  • Haroratning bir necha hafta davomida 37 ° C dan yuqoriligi;
  • Kechki terlash;
  • Muntazam charchoq;
  • Nafas qisilishi;
  • Bir necha hafta davom etadigan bezlarning kattalashishi;
  • Vazn yo’qotish;
  • Tilda yoki og’izda oq toshmalar paydo bo’lishi.

OIV infektsiyasining oxirgi bosqichlarida hayotga xavf tug’diradigan kasalliklar rivojlanishi xavfi ancha yuqori. Odatda bunday kasalliklarni virusni davolash uchun kerak preparatlardan tashqari, tegishli dori-darmonlar bilan boshqarish, oldini olish va davolash mumkin.

Kasallik haqida afsona va haqiqatlar

Mazkur kasallik haqida ko’plab noto’g’ri tushunchalar mavjud. Virus quyidagi hollarda yuqmaydi:

  • Qo’l berib ko’rishish;
  • Quchoqlashish;
  • Kundalik o’pishlar (agar og’izda yaralar bo’lmasa);
  • Aksa urish;
  • Teri bilan aloqa;
  • Sochiqlarni birga ishlatish;
  • Ro’zg’or buyumlari (qoshiq, piyola, kosa va hokazo).

Tashxislash

CDC (kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari) ma’lumotlariga ko’ra, har 8 ta OIV bilan kasallangan amerikaliklarning bittasi o’zlarining holatidan bexabar.

Qon namunasini tahlil qilish

Agar bemor virusga duchor bo’lsa, u imkon qadar tezroq sinovdan o’tishi juda muhimdir. OIV erta aniqlanganda davolanishning muvaffaqiyatli bo’lishi ehtimoli ko’proq. Bundan tashqari, uyda o’tkazsa bo’ladigan test vositasidan foydalanish mumkin.

Virus yuqganidan so’ng, test natijasida ijobiy natija berishi uchun 3 haftadan 6 oygacha vaqt ketishi mumkin. Ba’zan qayta sinov qilinishi talab etiladi.

OITS (SPID) ni davolash

Hozirgi kunda OIV yoki OITSga davo yo’q. Mavjud davolash usullari kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin va ko’pchilik odamlarga uzoq va nisbatan sog’lom hayot kechirishga imkon beradi.

Infektsiyalanish erta muddatlarda aniqlanganda antiretrovirusli davolanish juda muhimdir — bu hayot sifatini yaxshilaydi, umr ko’rish davomiyligini uzaytiradi. Shuningdek, 2013-yil iyun oyida chop etilgan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti yo’riqnomalariga muvofiq yuqtirish xavfini kamaytiradi.

Hozirgi kunda ushbu infektsiyaga qarshi hech qanday emlash yoki dori-darmon ishlab chiqilmagan, ammo so’nggi yillarda davolash usullari ancha yaxshilandi. Bemorlarning sog’ligi va hayot sifatini kuniga qabul qilinadigan bir tabletka sezilarli darajada yaxshilasi mumkin.

Favqulodda tabletkalar

Agar odam so’nggi 72 soat ichida (3 kun) virus yuqtirganligiga amin bo’lsa, PEP deb ataladigan OIVga qarshi vositalar (postkontakt profilaktika) kasallik rivojlanishini to’xtatishi mumkin. Davolashni virus yuqganidan keyin imkon qadar tezroq olish kerak.

PEP 4 haftalik, faqat 28 kun davom etadigan davolashning juda qiyin usuldir. Bu noxush nojo’ya ta’sirga (diareya, ko’ngil aynishi va bosh og’rig’i) sabab bo’lishi mumkin.

OIVga ijobiy tashxis qo’yilgach, davolanishni boshlashdan avval virusning rivojlanishini kuzatish uchun muntazam qon tekshiruvlari topshirib turish kerak. Terapiya ko’plab afzalliklarga ega va qonda virus darajasini kamaytirishga qaratilgan.

Antiretrovirus preparatlar

OIV ni davolash antiretrovirus (ARV) dorilar bilan amalga oshiriladi. Preparatlar infektsiya bilan kurashadi va organizmda virus tarqalishini sekinlashtiradi. Odatda, bemorlar YSART (yuqori samarali antiretrovirus terapiya) yoki KART (kombinativ antiretrovirusli terapiya) kabi kombinatsiyalangan davolashni oladilar.

Kombinativ dori vositalari har bir insonga mos keladi. Kasallikka qarshi kurashish davolash odatda doimiy va umrbod davom etadi. OIVni davolash odatdagi dozaga asoslangan. Tabletkalar har safar muntazam ravishda rejalashtirilgan holda qabul qilinishi kerak. ARV`ning har bir turi har xil nojo’ya ta’sirga ega, ammo ba’zi bir umumiy ta’sirlari ko’ngil aynish, charchash, ich ketishi, bosh og’rig’i, terida toshma toshishi yoki ko’rishning xiralashishini o’z ichiga olishi mumkin.

Qo’shimcha yoki muqobil tibbiyot

Ba’zi bir cheklangan tadqiqotlarga binoan, o’simlik dori vositalari kabi muqobil dori-darmonlar samarali qo’llanilmagan, ammo mineral yoki vitaminlar umumiy salomatlik holatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bemorlarga bu usullarni shifokorlari bilan muhokama qilish tavsiya etiladi.

Asoratlari

CD4 limfositlarining soniga qarab, ehtimoliy asoratlar quyidagicha ko’rinish olishi mumkin.

CD4 miqdori Infektsion Noinfektsion
< 200 mkl −1 Pnevmotsistli pnevmoniya
Disseminatsiyalangan gistoplazmoz va kiktsidioidomikoz
Miliar, o’pkadan tashqari tuberkulyoz
Progressiv ko’p ochoqli leyokentsefalopatiya
Sillasi qurish
Periferik neyropatiya
OIV-dementsiya
Kardiomiopatiya
Vakuolyar miyelopatiya
Noxodjinskcha limfoma
< 150 mkl −1 Oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan disseminatsiyalangan infektsiya
Kriptokokkoz
Kriptosporidioz
Mikrosporidioz
Kandidoz ezofagit
< 50 mkl −1 Disseminatsiyalangan sitomegalovirusli infektsiya
Disseminatsiyalangan MAK-infektsiya (Mycobacterium avium kompleksi bilan)
MAT limfomasi

Oldini olish

Virus yuqishini oldini olish uchun tibbiyot xodimlari quyidagi choralarni tavsiya qilishadi:

Himoyalanmagan jinsiy aloqa — prezervativsiz jinsiy aloqa (vaginal, oral va / yoki anal) — jinsiy yo’l bilan yuqadigan OIV va boshqa tanosil kasalliklari bilan kasallanish xavfini oshiradi.

Giyohvandlik va igna almashish — intravenoz (vena ichiga) narkotiklardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarda OIV yuqishining asosiy sabablaridan biri sanaladi. Ignalarni almashib foydalanish OITS va gepatit C kabi boshqa xavfli virusli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ignadan foydalanishdan u toza, foydalanilmagan, o’ramidan ochilmaganligiga e’tibor berish kerak.

Tanaga ta’siri — OIV zararlangan qon ta’siri xavfini kamaytirish va oldini olish uchun ehtiyot choralarini qo’llash orqali nazorat qilinishi mumkin. Har qanday holatda ham sog’liqni saqlash xodimlari baryerlardan (qo’lqoplar, niqoblar, ko’zoynaklar, qalqonchalar va xalatlar) foydalanishlari kerak. Qon yoki boshqa tana suyuqliklari bilan aloqadan so’ng terini darhol va to’liq yuvish kasallanish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

Homiladorlik — ayrim ARV preparatlari tug’ilmagan chaqaloqqa zarar yetkazishi mumkin. Biroq, samarali davolash rejasi OIV infektsiyasini onadan bolaga yuqishini oldini oladi. Bolaning sog’lig’ini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko’rish zarur. Kesarcha kesish talab qilinishi ehtimoli mavjud. Ushbu virus bilan kasallangan onalar bolalarini emizmasliklari kerak.

Ta’lim — sog’liqni saqlash ta’limi insonlarga kasallik yuqishi yo’llari va xavf omillarini tushuntirishi kasallikning odini olish uchun muhim hisoblanadi.

OIV`ni nazorat qilish

Qat’iylik — OITSni davolash faqat dori-darmonlar o’z vaqtida qabul qilinganda samarali bo’ladi. Hatto bir necha dozaning yo’qligi davolanishni xavf ostiga qo’yishi mumkin. Kundalik metodik dastur bemorning turmush tarzi va tartibi atrofida davolanish rejasiga muvofiq bo’lishi uchun dasturlashtirilishi kerak. Bir kishi uchun davolash rejasi boshqa bir kishi uchun davolash rejasi bo’la olmaydi.

Umumiy salomatlik — bemorlarning dori-darmonlarni to’g’ri qabul qilishi va boshqa kasalliklardan qochish uchun choralar ko’rishi muhimdir (masalan uzoq vaqt sovuqda qolmaslik). Bemorlarning umumiy sog’lig’ini yaxshilash va muntazam mashqlar qilish, sog’lom ovqatlanish, chekmaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, kasallik xavfini kamaytirish uchun harakat qilishlari kerak.

Qo’shimcha choralar — OIV bilan kasallangan odamlar boshqa kasalliklar bilan kasallanishining oldini olishga harakat qilishlari kerak. Ular hayvonlarga ehtiyot bo’lishlari, mushuklar va hayvonlarning najaslari bilan, shuningdek, qushlar bilan aloqa qilishdan qochishlari kerak. To’liq va muntazam ravishda qo’l yuvish tavsiya etiladi.

Uzoq muddatli holat — ushbu sindrom uzoq muddatli holat, shuning uchun bemorlar o’zlarining sog’liqni saqlash jamoasi bilan doimo aloqada bo’lishi kerak. Davolash rejasi muntazam ko’rib chiqiladi.

Psixologik — virus va u keltirib chiqaradigan immunitet tanqisligi sindromi haqida keng tarqalgan noto’g’ri tushunchalar kamayishi sezilgan. Holbuki, dunyoning ko’plab mamlakatlarida bu holat saqlanmoqda. Virus bilan kasallangan odamlar o’zlarini cheklanganidek, rad etilgandek, kamsitilgandek his qilishi mumkin. Bu holatda psixolog yordami juda muhimdir.

Информацию из данного раздела нельзя использовать для самодиагностики и самолечения. В случае боли или иного обострения заболевания диагностические исследования должен назначать только лечащий врач. Для постановки диагноза и правильного назначения лечения следует обращаться к Вашему лечащему врачу.

Альбинизм: причины появления, симптомы, диагностика и способы лечения.

Определение

Альбинизм (от лат. albus — белый) рассматривается как наследственное заболевание и характеризуется врожденным частичным или полным отсутствием в организме пигмента меланина. Таким образом, кожа, волосы и радужная оболочка глаз выглядят обесцвеченными, бледными или имеют более светлый оттенок, чем должны были быть в норме.

Альбинизм.jpg

Аномалия встречается примерно у 1 из 10-20 тысяч человек на земном шаре и не зависит от этнической принадлежности и пола.

Причины появления альбинизма

Цвет кожи детерминирован генетически. Наличие альбинизма говорит о мутации генов (на настоящий момент описаны 19 генов, отвечающих за появление альбинизма), ответственных за цвет кожи, волос и радужной оболочки глаз. Эти мутации приводят к недостаточной активности фермента тирозиназы, благодаря которой синтезируется аминокислота тирозин, являющаяся основным регулятором производства пигмента меланин – так схематично и очень упрощенно выглядит меланогенез.

Заболевание передается по аутосомно-рецессивному (то есть оба родителя должны являться носителями рецессивного гена) и Х-сцепленному (только в случае с геном GRP143) типам наследования.

Классификация заболевания

Ранее случаи альбинизма разделяли только по внешним (фенотипическим) проявлениям – полный и неполный.

К первому относились все типы альбинизма с выраженными нарушениями пигментации глаз, кожи и ее придатков. К неполным формам – глазные типы заболевания, когда отмечался недостаток пигментации радужной оболочки, а также те разновидности патологии, которые приводили к пятнистости кожи.

В настоящее время принята классификация, основанная на генетических аспектах:

Глазокожный альбинизм тип 1А – полное отсутствие пигмента меланина в организме.

Глазокожный альбинизм тип 1В – при этом типе синтезируется дефектный фермент тирозиназа, поэтому синтез меланина возможен, но с имеет разную степень выраженности.

Температурно-чувствительный глазокожный альбинизм – активность синтеза пигмента зависит от температуры тела. Для него характерно падение активности фермента тирозиназы, если температура тела более 37̊С. При этом типе альбинизма преобладают поражения глаз, поскольку их температура всегда выше 37̊С.

Глазокожный альбинизм тип 2 – активность фермента тирозиназы, нормальная, но нарушен транспорт тирозина, в результате чего меланин не синтезируется.

Глазокожный альбинизм тип 3 – встречается только у африканцев, формируется коричневая окраска кожного покрова.

Глазной альбинизм рецессивный и связанный с Х-хромосомой – синтез пигмента частично нарушен.

Аутосомно-рецессивный глазной альбинизм – данный тип не удалось связать с какими-либо генетическими нарушениями.

Кроме изолированных глазного и глазокожного типов существуют редкие наследственные синдромы альбинизма, которые связаны с системными поражениями. К ним относятся синдром Германски-Пудлака и синдром Чедиака-Хигаси, встречающиеся, к счастью, крайне редко.

Альбинизм и кожа.jpg

Симптомы альбинизма

Признаки альбинизма, как правило, очевидны, однако могут быть выражены слабо (это зависит от типа альбинизма и дефектного гена). При видимых нарушениях обесцвечены и кожа, и волосы, и радужная оболочка глаз. Один из важных симптомов альбинизма – зрительные нарушения:

  • нистагм – быстрые, непроизвольные возвратно-поступательные движения глаз;
  • косоглазие – неспособность обоих глаз оставаться направленными в одну и ту же точку или двигаться в унисон;
  • экстремальная близорукость или дальнозоркость;
  • светобоязнь – чувствительность к свету, иногда переходящая в дневную слепоту;
  • астигматизм – аномальная кривизна передней поверхности глаза или внутренней части глаза, вызывающая снижение зрительной функции.

Диагноз ставится сразу после рождения ребенка. Врач-педиатр оценивает состояние пигментации кожи и волос, а офтальмолог – наличие той или иной зрительной патологии.

Подтвердить диагноз альбинизма может врач-генетик, проведя секвенирование генов. Очень важно выявить наследственный характер патологии и собрать анамнез.

Редким и дорогостоящим методом, но позволяющим уточнить прогноз заболевания, является определение тирозиназной активности в тканях (например, в волосяных фолликулах).

Чем лучше сохранена активность тирозиназы в тканях, тем ниже выраженность других симптомов альбинизма.

К каким врачам обращаться

Диагностикой альбинизма занимается врач дерматолог, но первым обнаруживает признаки альбинизма педиатр . При наличии патологии зрения необходима консультация офтальмолога.

Лечение альбинизма

На сегодняшний день специфического лечения альбинизма не существует, поэтому усилия врачей направлены на коррекцию остроты зрения больных и профилактику злокачественных патологий кожи.

  1. Из-за отсутствия меланина, выполняющего защитную функцию, люди с альбинизмом имеют высокий риск рака кожи.
  2. Со стороны органов зрения: снижение остроты зрения, отслойка сетчатки.

Специфической профилактики не разработано, есть только профилактические мероприятия, позволяющие улучшить качество жизни больного. Пациентам с альбинизмом рекомендовано защищать глаза от солнечного света солнцезащитными очками. Не рекомендуется находиться на ярком солнце и в любом случае следует защищать кожу специальными солнцезащитными средствами с высоким SPF.

Важно регулярно проходить осмотры дерматолога и офтальмолога для снижения риска развития осложнений.

  1. Кадышев В.В., Ряжская СА., Халанская О.В. и др. Клинико-генетические аспекты альбинизма // Клиническая офтальмология. – 2021;21(3). – С. 175-180. DOI: 10.32364/2311-7729-2021-21-3-175-180
  2. Бутов Ю. С. Дерматовенерология. Национальное руководство. Краткое издание / под ред. Ю. С. Бутова, Ю. К. Скрипкина, О. Л. Иванова. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2020. – 896 с.
  3. Лоскутов И. А. Симптомы и синдромы в офтальмологии / Лоскутов И. А., Беликова Е. И., Корнеева А. В. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2021. – 256 с.

Информацию из данного раздела нельзя использовать для самодиагностики и самолечения. В случае боли или иного обострения заболевания диагностические исследования должен назначать только лечащий врач. Для постановки диагноза и правильного назначения лечения следует обращаться к Вашему лечащему врачу.

Читайте также: